Sizning ichki sezgingiz qanday?

Odamning ichki sezgisi, aniqrog'i, qaysidir voqea-hodisani oldindan payqay bilishi ko'p hollarda unga yordam berishi mumkin. Tasavvur qiling, falokatni sal avval qalban his etdingiz-u, oldini olish harakatiga tushdingiz. Xullas, bu qobiliyat har birimiz uchun juda zarur. Qani, ushbu test yordamida o'z ichki sezgingizning qay darajada ekanini tekshirib ko'ring.
1. Bir marta ko'rgan odamingizni yaqinroqdan tanishni istarmidingiz?
2. O'zingizni tez-tez baxtli va omadli deb hisoblaysizmi?
3. Pul tikiladigan o'yinlarda baravariga ikki-uch marta omadingiz kelganmi?
4. Odamning fe'l-atvorini bir ko'rishdayoq aytib bera olishingiz bilan g'ururlanasizmi?
5. Telefon jiringlaganda, go'shakni ko'tarmay turib kim qo'ng'iroq qilayotganini payqagan onlaringiz bo'lganmi?
6. Qachon bo'lsa ham kimningdir nima demoqchiligini oldindan sezganmisiz?
7. Yomon tush ko'rib turasizmi?
8. Qaysidir tanishingiz bilan uzoq vaqt munosabat yuritmagansiz-u, bir kuni undan kutilmaganda xabar kelib uchrashgan paytlaringiz bo'lganmi?
9. Bir ko'rishda sevib qolishga ishonasizmi?
10. Qimmatbaho buyumni ko'rishingiz bilan albatta sotib olish kerakligini his etganmisiz?
11. Sizga ichki ovoz sira biror ishni amalga oshirishdan oldin maslahat berganmi?
12. Pochtachi xat tashlab ketganda, ichini ochmay turib nimalar yozilganini oldindan seza olasizmi?
13. Yaqinlaringizdan biri tushingizda falokatga uchrashi tufayli uyg'onib ketganmisiz?
14. Boshqotirmalarning savollariga darhol javob topasizmi?
15. Samolyot qulab tushishidan qo'rqqaningiz tufayli uchishni istamagan kunlaringiz bo'lganmi?
16. Suhbat tugayotganda, sizda suhbatdoshingizga so'nggi so'zni berish holatlari yuz berganmi?
17. Hech bir sababsiz ba'zi odamlarni yoqtirmay qolganmisiz?
18. Biror joy, yoki buyumni ilk bor ko'rdingiz-u, sizga u juda tanishdek tuyulganmi?
19. Taqdirga ishonasizmi?
20. O'zingiz tushunmagan holda ba'zi odamlarga nisbatan ishonchingiz yo'qolganmi?

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *